Sergelidagi ayrim ko‘chalar ikki kunga yopiladi  

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 va 26 iyun kunlari Toshkent shahri Sergeli tumanining ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yoshlar kuniga bag‘ishlangan Karting bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan ertaga, 25 iyun kuni soat 20:00 dan 26 iyun kuni soat 23:00 gacha Sergeli tumanida yangitdan barpo etilgan Fayzli ko‘chasining Obihayot ko‘chasi kesishmasidan Qipchoq ko‘chasidagi ko‘prik osti aylana yo‘l bo‘ylab yana Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida avtomobillar harakati cheklanadi. 

Shuningdek Qipchoq ko‘chasining ko‘prik ustidan Fayzli ko‘chasiga ulanadigan qo‘shimcha yo‘l ham vaqtincha yopiladi.

“Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing