Sergelidagi 4 qavatli “dom”da yong‘in bo‘ldi
3-sahifa
−
31 iyul 4634 1 daqiqa
Bugun, 31 iyul Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:58 da Toshkent shahar Sergeli tumani Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning chordoq qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 13:17 da yetib borib, yong‘in soat 13:38 da qurshab olingan, soat 13:59 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Asaka tumanida fuqaroning uyida tashkil qilingan avtoservis yonib ketgandi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgan.
Live
Barchasi