Sergelida avtokran haydovchisi elektr toki urishidan vafot etdi
Jamiyat
−
12 iyul 2019 6334 1 daqiqa
Bugun, 12 iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi baxtsiz hodisada avtokran haydovchisi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizlik boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
12 iyul kuni soat 11:49 da Sergeli tumani 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:34 da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in avtokran o‘qini (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlarga tegishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Elektr jarohati oqibatida avtokran xaydovchisi vafot etgan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025