Sergeli yer usti metro poyezdi qisqa tutashuv tufayli to‘xtab qoldi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qisqi tutashuv tufayli metro vagonining bir qismi yonib ketgani aks videolavha tarqalmoqda. 

Guvohlarga ko‘ra, kecha, 16 iyun kuni tungi vaqtda Sergeli tumanidagi yer usti metro poyezdi qisqa tutashuv tufayli to‘xtab qolgan. Buning oqibatida poyezdning yon qismi yonib ketgan. 

QALAMPIR.UZ jurnalisti ushbu hodisa yuzasidan rasmiy munosabat olish maqsadida “Toshkent metropoliteni” DUK Matbuot xizmati bilan bog‘lanishga harakat qildi. Biroq Matbuot xizmati na qo‘ng‘iroqlarga, na xabarlarga javob berdi. 

Ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilishini kutib qolamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing