Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Baxtiyor Abduvaxitovich Shamuratov Sergeli tumanining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugunga qadar Baxtiyor Abduvaxitovich Shamuratov Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan. Unga qadar davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, Sergeli tumanining avvalgi hokimi Nozim Husanov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli Baxtiyor Shamuratov

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing