Sergeli tuman sudining sobiq sudyasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sudyalar Oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi Sh.Yu. Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumondor sifatida jalb qilingan. 

“Biroq gumondor go‘yoki maxsus tadbirda qo‘lga olingani haqidagi gaplar asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Qanday ehtiyot chorasi tanlangani bo‘yicha bizda ma’lumot yo‘q”, deydi Sudyalar Oliy kengashi matbuot kotibi.

Shuningdek, sudya Sh.Yu. Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan ancha oldin lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing