Sergeli sanoat zonasida yirik yong‘in yuz berdi
Jamiyat
−
09 noyabr 2019 6402 1 daqiqa
Kecha, 8 noyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida mebel ishlab chiqarish sexida yirik yong‘n yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar YOXB Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in soat 17:52 da Sergeli tumani, 2-mavze, Lutfikor 1-tor ko‘chasi 1-uy, Sergeli kichik sanoat zonasi xududida joylashgan binoning 2-qavatidagi mebel va sintepon ishlab chiqarish sexlarida yuz bergan. Yong‘inda ishlab chiqarish sexlarining ichki va tom qismi 1500 kv m maydonida yongan.
Yong‘indan binoning 15500 kv m maydonidagi qurilmalari saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 17:57da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 19:46 da qurshab olinib, soat 20:20da o‘chirilgan.
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in joyiga 18 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.