Sergeli fojiasida FVV xodimlari va harbiylar ham qurbon bo‘lgani yashirilyaptimi? (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 28 sentyabr kuni Sergelida sodir bo‘lgan fojiaviy portlashda nafaqat bir o‘smir, balki Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi xodimlari ham vafot etgan degan xabarlar tarqaldi. Bugun, 29 sentyabr kuni voqea joyiga borib, tiklash va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishgan QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning qarshisidan chiqdi va unga mikrofon tutdi. 

“Bu darajada yetkazilgan zararga operativ choralar ko‘rish maqsadida Prezidentimizning topshirig‘iga asosan Hukumat rahbari Abdulla Nigmatovich bilan soat 03:00 da yetib kelganmiz. Hukumat raisi kelganlarida o‘chirish haqida gapirmadilar, hududdagi xalqning hayoti nima bo‘lishini o‘yladilar. 

Davlat idoralari, 12 ta tuman hokimi va uning sektor rahbarlari, barcha kommunal xizmatlar yelkama-yelka turib, operativ shaklda hamma masalalarni yechgani uchun "do‘st"larimiz, albatta bunday gaplarni chiqaradi.  

Kecha 17 yashar farzandimiz (Abrorxo‘ja Abbosxo‘jayev – tahr.) vafot etdi. Hurmatli Prezidentimiz kecha bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qilganlaridan tashqari, kechasi soat 01:00 da yana menga qo‘ng‘iroq qildilar. “Vafot etgan yigit mening farzandim”, deb menga qayg‘uda ekanliklarini bildirdilar”, deydi Shavkat Umurzoqov. 

Shuningdek, ushbu hodisa Yaratganning sinovi ekanini urg‘ulab, buni boricha qabul qilishga chaqirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Sergelidagi hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. Shundan jami 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli shahar klinik shifoxonalari hamda 1-sonli shahar tug‘uruqxonasiga yotqizilgan. 

Qolgan 138 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lganligi uchun ambulator tibbiy yordami ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Umurzoqov Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing