Serdar Berdimuhamedov Mirziyoyevga otasining salomini yetkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining faxriy mehmoni sifatida Samarqandda bo‘lib turgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkmaniston Prezidenti birodar O‘zbekistonda unga ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomini yetkazdi.

Oliy martabali mehmon Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini alohida qayd etdi.

Prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani va aniq amaliy mazmun bilan boyiganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani va yil boshidan 10 foizga ortgani ko‘rsatib o‘tildi. Logistika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlar hamkorligi va madaniy-gumanitar almashinuv kengayib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing