Serbiya Rossiyaga nisbatan sanksiya qo‘llash niyatida emasligini bildirdi
Olam
−
16 dekabr 2022 5688 1 daqiqa
Serbiya Rossiya oldida hech qanday majburiyatga ega emas, biroq uning hayotiy manfaatlariga tahdid solinmaguncha hech kimga nisabatan sanksiyalar qo‘llamaydi. Bu haqda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich RTS telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Rossiya oldida hech qanday majburiyatimiz yo‘q. Men o‘z ma’naviy majburiyatlarimga egaman. Bizning ekzistensial manfaatlarimizga tahdid solmaguncha biz Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llamaymiz”, dedi Prezident.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng Serbiya rahbari barcha davlatlar darhol Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishini kutayotganini, ammo bu amalga oshmaganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Vuchich Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa qilgan murojaatida Serbiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, lekin Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llamasligini aytgan edi. Shuningdek, u Serbiya Rossiya va Ukrainani qardosh davlatlar deb hisoblashini, Yevropa sharqida sodir bo‘layotgan voqealardan afsusdaligini va Kiyevga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan to‘qqizinchi sanksiyalar paketini kelishib olgani hamda YeI Rossiyaning 168 kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr