YeI Rossiyaning 168 kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Olam
−
16 dekabr 2022 3882 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi Rossiya harbiy-sanoat kompleksi, energetika va tog‘-kon sanoati sohalaridagi 168 ta kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi.
Yevropa Ittifoqining to‘qqizinchi sanksiyalari to‘plami allaqachon kelishilgan, ammo hali kuchga kirmagan.
"Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi cheklovlari harbiy-sanoat kompleksi bilan bog‘liq 168 kompaniyaga nisbatan qo‘llanildi. Shuningdek, biz Rossiyaning energetika va tog‘-kon sanoati, shuningdek, Rossiyaning biznes xizmatlari sektoriga nisbatan taqiqlarini kengaytirmoqdamiz", deb yozadi Dombrovskis.
Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqi ikki maqsadli texnologiyalar, kimyoviy moddalar, elektronika, dronlar va dron dvigatellari bo‘yicha eksport cheklovlarini kengaytirayotganini ta’kidlagan. Yevropa Ittifoqi shu yo‘l bilan Rossiyaning yangi qurol ishlab chiqarish va eski qurollarni ta’mirlash imkoniyatlarini cheklashga harakat qilayotganini aytgan.
Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, to‘qqizinchi sanksiyalar to‘plami kuchga kirganidan so‘ng YeI qora ro‘yxatidagi yuridik shaxslar soni 410 tagacha oshadi.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan to‘qqizinchi sanksiyalar paketini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi