Sentyabr va oktyabrdagi FIFA kunlari birlashtiriladi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kelasi mavsumdan boshlab xalqaro futbol taqvimida jiddiy o‘zgarishlar kiritilishini tasdiqladi. Tashkilot boshqaruv kengashi an’anaviy sentyabr va oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffuslarni birlashtirishni ma’qullagan. Bu haqda “3News” nashri xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2026 yildan boshlab xalqaro tanaffus 21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha davom etadi. 16 kunlik ushbu yagona kengaytirilgan tanaffusda milliy terma jamoalarga 4 ta o‘yin o‘tkazish imkonini beradi: 2 tasi sentyabrda, yana 2 tasi oktyabrda.

Taxminan uch hafta davom etadigan tanaffus vaqtida klub futbol o‘yinlari to‘xtatib turiladi. FIFA'ning bu qarori futbolchilar uchun sayohat talablarini kamaytirish, klub futbolida uzluksizlikni ta’minlash hamda terma jamoa murabbiylariga tarkib bilan ishlash uchun qo‘shimcha vaqt berishni ko‘zlaydi. Shuningdek, mazkur o‘zgarish futbol taqvimidagi zichlik va futbolchilarga tushayotgan ortiqcha yuklama bilan bog‘liq xavotirlarga javob sifatida kiritilgan.

Noyabr oyidagi tanaffus esa o‘zgarishsiz qoladi: 2026 yilning 9-17 noyabr kunlari 2 ta o‘yinlik tanaffus o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining taqvimini va formatini o‘zgartirishi haqida o‘ylayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol taqvim FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing