Sensatsiya! Germaniya seriyada mag‘lubiyatga uchrab, JCHni tark etdi

Sport

image

Bugun, 30 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bahsida Paragvay terma jamoasi Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtida hisob 1:1 ko‘rinishida yakunlandi. Paragvay safida 42-daqiqada Xulio Ensiso hisobni ochgan bo‘lsa, Germaniya tarkibida 54-daqiqada Kay Havers muvozanatni tikladi.

102-daqiqada Germaniyaning kiritgan yana bir goli VAR ko‘rigi ortidan bekor qilindi. Penaltilar seriyasida esa Paragvay 4:3 hisobida ustun kelib, nimchorak finalga chiqdi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu uchrashuvda Paragvay terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichida gol urdi. 

Germaniya darvozaboni Manuel Noyer esa Jahon chempionatida ketma-ket o‘ninchi o‘yinida gol o‘tkazib yubordi va shu orqali mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha antirekordni takrorladi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya guruh bosqichida “E” guruhida birinchi o‘rinni egallagan edi. Paragvay esa “D” guruhida uchinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan.

Endi Paragvay chorak final yo‘llanmasi uchun Fransiya – Shvetsiya uchrashuvi g‘olibi bilan bahs olib boradi. Mazkur o‘yin 5 iyul kuni AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing