Senegal Prezidenti Afrika kubogidagi g‘alabadan so‘ng milliy dam olish kuni e’lon qildi
Sport
−
19 yanvar 2477 2 daqiqa
Senegal Prezidenti Bassiru Diomay Fay milliy terma jamoaning Afrika kubogidagi g‘alabasidan so‘ng 2026 yil 19 yanvar, dushanba kunini butun mamlakat bo‘ylab haq to‘lanadigan dam olish kuni deb e’lon qildi. Bu haqda “Bold Sports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, pullik dam olish kuni senegalliklarning barcha sohalardagi odamlariga bayramlarda ishtirok etish va o‘yinchilar hamda texnik xodimlarni munosib ravishda hurmat qilish imkonini berish uchun mo‘ljallangan.
Qayt etish joiz, Afrika kubogi final uchrashuvida Senegal terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Marokash terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada uchrashuv bosh hakami Senegal darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu qarordan so‘ng senegallik futbolchilarning aksariyati norozi bo‘lib, maydonni tark etdi. Biroq jamoa sardori Sadio Mane ularni tinchlantirib, o‘yinni davom ettirishga ko‘ndirdi.
90+24-daqiqada Marokash yarim himoyachisi Braim Dias penaltidan unumli foydalana olmadi.
Qo‘shimcha vaqtda esa Senegal hal qiluvchi golni urdi. 94-daqiqada yarim himoyachi Pape Gueye aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, Senegal o‘z tarixida ikkinchi marta Afrika Millatlar Kubogi g‘olibiga aylandi. Bundan to‘rt yil avval jamoa finalda Misrni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi (0:0, penaltilar seriyasida 4:2). O‘shanda ham mamlakatning amaldagi Prezidenti terma jamoa muvaffaqiyati munosabati bilan dam olish kuni e’lon qilgan.
Live
Barchasi