Senatorlar shaxsiy ma’lumotlarni saqlashga oid qonunni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi Yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Senatorlar majlisda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Personallashtirish markaziga qonunda ko‘rsatilganidek, shaxsiy ma’lumotlar reyestirini yaratish uchun kerakli moddiy-texnik baza yaratlgani va uni yuritish uchun zarur kadrlar mavjudligini to‘g‘risida savol berdi.

Majlisda ishtirok etayotgan Personallashtirish markazi vakili shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirish uchun kerakli moddiy-texnik baza yaratilgan va doimiy yangilanib borishini ta’kidladi. Shuningdek, ma’lumotlar bazasini yuritish uchun kerakli kadrlar ham borligini qayd etdi.

Shundan so‘ng, Senat raisi Tanzila Norboyeva qonun loyihasini ovozga qo‘ydi. Loyihani majlisda ishtirok etayotgan 83 nafar senatorning 80 nafari qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yalpi Majlis

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing