Ongli ravishda odamlarimizni ongsiz qilishga urindik – Prezident
Jamiyat
−
21 iyun 2019
5517O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi Yalpi majlisida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Prezident Parlament a’zolariga nisbatan qattiq norozilik bildirdi.
“Biz Senat deganda, birinchi navbatda milliy parlamentimizning siyosiy, huquqiy va madaniy saviyasini amalda namoyon etadigan, xalq manfaatlarining chinakam ifodachisi va haqiqiy himoyachisi bo‘lgan katta bir kuchni tasavvur qilamiz. Senator – bu xalqning yuksak ishonchini qozongan vakil. Xalqimiz oldida hammamiz mas’ul va javobgarmiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari o‘tgan yillar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xatolar va yo‘qotishlar haqida gapirdi:
“27 yil davomida juda ko‘p narsani yo‘qotdik. Eng katta yo‘qotishimiz shu bo‘ldiki, ongli ravishda odamlarimizni ongsiz qilishga urindik”.
Davlat rahbari senatorlarga yuzlanar ekan, ulardan noroziligini yashirmadi.
“Shunchaki qarsakbozlik, ovoz berib o‘tirishingiz menga ma’qul emas. Mustaqillikning dastlabki yillarida parlamentda qizg‘in muhokamalar bo‘lardi. Deputatlar olib borib, olib kelardi”, deydi Mirziyoyev.