Senatorlar qimmatbaho metallar to‘g‘risidagi qonunni rad qildi

Jamiyat

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati sakkizinchi yalpi majlisida “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi.

Majlisda ushbu Qonun Senat qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari va ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayonida uning ayrim moddalari qo‘yiladigan talablarga javob bermasligi aniqlanganligi qayd etildi.

Xususan, Qonunning 12-moddasi beshinchi va 25-moddasi oltinchi xatboshilarini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiqligi bildirildi.

Davlatning qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatiga aralashuvini kamaytirish maqsadida Qonunning tegishli moddalari normalarini qayta ko‘rib chiqish va 15-moddasi talablarini amaldagi qonunchilik hujjatlari normasi bilan muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Qonunning 22-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan normani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi 6044-sonli Farmoni, ya’ni mazkur yo‘nalishdagi faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kirmasligi to‘g‘risidagi talabga muvofiqlashtirish kerakligi ham qayd etildi.

Senatorlar mazkur Qonunni rad etish bo‘yicha qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing