Senatorlar haydovchilar uchun muhim qonunni qabul qildi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
41317Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari avtoransport vositasini sug‘urta yo‘qligi uchun jarima maydoniga qo‘yilmaslik haqida qonun loyihasini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 11 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 291-moddasiga, transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibiga o‘zgartish kiritishga oid qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan, endilikda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi. Bu bilan fuqarolar mulk huquqlarining kafolatlari kuchaytiriladi. Bu esa fuqarolarga nisbatan jazo bazasini qisqartirgan holda korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan qabul qilindi. U Prezident imzolagach, kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Mening fikrim” veb-portaliga fuqarolardan Avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi tufayli avtotransport egasiga ma’muriy jarima qo‘llagan holda avtotransport vositasini jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi taklif bilan murojaat qilingan va mazkur murojaat portalda 10 000dan ortiq ovoz to‘plagan.
LiveBarchasi