Senator Sharap Usnatdinov vafot etdi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2020
11076O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, fidoyi jurnalist, “El-yurt hurmati» ordeni sohibi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xalq so‘zi nashri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Sharap Usnatdinov 1942 yil Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Marhum Nuroniy jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi sifatida uzoq yillar mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan yozuvchi, jamoat arbobi o‘zbek xalqiga “Kimga kech, kimga tong sahar”, “So‘nggi ovchi”, “Ko‘rganlarim, ko‘ngildagilarim”, “Birinchi qoraqalpoq baletmeysteri”, “Shoirning yoshligi” kabi roman va qissalarini meros qilib qoldirdi.
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi