Senator Baxtiyor Sayfullayev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Sayfullayev – O‘zbekiston madaniyat arbobi, siyosat va davlat arbobi, pedagogika fanlari doktori (1987), professor (2012). U 1951 yili 1 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. 

O‘z mehnat faoliyatini 1972 yilda Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyori va rejissyori sifatida boshlagan Baxtiyor Sayfullayev keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyat olib borgan. U 2017-2020 yillar davomida O‘zbekiston madaniyat vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 

Shuningdek, Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2000), Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi (2008) unvonlariga sazovor bo‘lgan.

"Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing