Senatning yalpi majlisi boshlanish arafasida
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
4562Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 25-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. QALAMPIR.UZ muxbirining Senat binosidan xabar berishicha, ayni vaqtda senatorlarning ro‘yxatdan o‘tishi davom etmoqda. Senat majlisi soat 10:00 da o‘z ishini boshlaydi.
Yalpi majlisda senatorlar quyidagi qonun hujjatlari hamda muhim masalalarni muhokama qiladi:
• “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi to‘g‘risida”gi;
• “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun xujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi;
• “Davlat boji to‘g‘risida”gi;
• “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi;
• “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi;
• “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi;
• “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
Bundan tashqari, Senat a’zolari notariat tizimining tubdan isloh qilinishi, ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan qonunlarni muhokama qiladi.
Senatorlar tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini o‘zgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish hamda ularning chegaralarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletovning davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovning hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.
Senatorlar suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham muhokama qiladi.
Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, ushbu yalpi majlis O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yildagi eng so‘nggi yalpi majlisi sifatida yalpi majlislarga yakun yasaydi.
LiveBarchasi