Nihoyat O‘zbekistonda ham Tax-free tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image
Koronavirusga chalinganlar 100 mingdan oshdi. U AQSHning biologik qurolimi? north_east

Koronavirusga chalinganlar 100 mingdan oshdi. U AQSHning biologik qurolimi?

O‘zbekistonda 2020 yil 1 iyuldan tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida so‘z boradi. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 iyuldan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimi joriy etiladi. 

Ta’kidlanishicha, 2 oy muddatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda tovarlarni sotib olishda to‘langan QQSni qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2020 yilning 1 iyuliga qadar Uzbekistan Airports AJ bilan birgalikda maxsus qaytarish punktlari O‘zbekistonning xalqaro aeroportlarida joylashtiriladi. Ular zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, Tax-free tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi Tax-free tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli hisob-kitoblarga asosan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni har oy yakunlari bilan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlarni kamaytirgan holda ajratib boradi. 

Qaror loyihasi 21 martga qadar muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

QQS Tax-free

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing