Senatning o‘ninchi yalpi majlisi chaqiriladigan sana belgilandi

Jamiyat

image

Bugun, 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisini 2020 yil 18 dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan:

•    “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi;

•    “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko‘rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;

•    “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko‘rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

•    “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

•    “Sud hujjatlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

•    “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

•    “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti  to‘g‘risida”gi;

•    “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

•    “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;

•    “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi;

•    “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi;

•    “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi;

•    “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

•    “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyundagi o‘zgartirishlar bilan) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlar.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti, Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Kengash majlisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir namunaviy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

48

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing