Senatning navbatdagi yalpi majlisi sanasi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi 2021 yil 30 iyul kuni chaqiriladi. Bu haqda kecha, 26 iyul kuni Senat Kengashining majlisi majlisida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015 yil 9 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya (Toshkent, 2021 yil 15-16 iyul) yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chilishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti, Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga doir axborotlari eshitilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, Boyovut, Qarshi, Bo‘ston, To‘raqo‘rg‘on, Olot tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim qarorlarini o‘rganish natijalari, qonunlarning ijrosi holati, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash, Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimini joriy etish, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2020 yildagi va 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing