Senatning 25-yalpi majlisi boshlandi. 20 daqiqa o‘tdi, va’da bajarilmadi
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
11143O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatish imkoniyati 24-yalpi majlisda yo‘lga qo‘yilgan edi.
Bugun, 14 dekabr kuni Senatning 25-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Navbatdagi yalpi majlis ham Senatning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi va YouTube orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi va’da qilingan edi. Ammo, oradan 20 daqiqa o‘tdi hamki, onlayn translyatsiyadan darak yo‘q. Yo senatorlar kameralar yongunga qadar ayrim muhokamalarni xalq nazoratidan xoli o‘tkazishmoqchimi?
Ma’lumot o‘rnida, Senatning 25-yalpi majlisida 85 nafar senator ishtirok etmoqda.
Yalpi majlisda senatorlar quyidagi qonun hujjatlari hamda muhim masalalarni muhokama qiladi:
• “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi to‘g‘risida”gi;
• “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun xujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi;
• “Davlat boji to‘g‘risida”gi;
• “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi;
• “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi;
• “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi;
• “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
LiveBarchasi