Senatning 15-yalpi majlisi chaqiriladigan sanalar belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi joriy yil 28 may kuni chaqiriladi. Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori bugun, 26 may kuni qabul qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida ikki kun (28 – 29 may kunlari) davomida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, “Transport to‘g‘risida”gi, “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi to‘g‘risidagi masala ko‘riladi hamda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil va 2021 yil birinchi choragi yakuni bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitiladi.

Yalpi majlisda ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar hamda koronavirus pandemiyasidan keyin turizmni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish, shuningdek, boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing