Senat yalpi majlisida Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etyapti

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda. 

Prezident raisligida o‘tayotgan yalpi majlis avvalida 2016 yildan 2019 yilning 20 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Tanzila Kamolovna Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi etib tayinlangani e’lon qilindi. 

Yalpi majlis avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi lavozimida 2019 yilning 20 iyuniga qadar faoliyat yuritgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimini egallaganini, sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. 

Senat yalpi majlisi o‘z ishini davom ettiryapti. 

Yalpi majlis kun tartibiga mamlakat taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichida belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi, “Qurol to‘g‘risida”gi, “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Yalpi majlisda Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar tomonidan Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham eshitiladi.

Senat a’zolari Istiqbolli turizm yo‘nalishida O‘zbekiston xalqaro imijini oshirish choralari to‘g‘risida, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi holati to‘g‘risida hukumatga parlament so‘rovlari yuborish masalasini muhokama qiladilar, shuningdek ilgari yuborilgan parlament so‘rovlari natijalarini ko‘rib chiqadilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinadi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining yigirmanchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun ishchi guruh tuzildi.

Shuningdek, majlisda Kengash vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.  


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yalpi majlis

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing