Senat tarkibida yangi qo‘mita tashkil etildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Senatorlar yalpi majlisni Senat tarkibida yangi Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tuzish masalasini ko‘rishdan boshladi.

Muhokamalardan so‘ng, senatorlar yangi qo‘mita tuzilishini ma’qulladi. Senator Farhod Boqiyev ushbu qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.

Ta’kidlanishicha, qo‘mita davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirib boradi va bu borada doimiy nazoratni amalga oshiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Farhod Esanovich Boqiyev — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan, 2020 yilning 17 yanvarida Senat a’zoligiga saylangan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Senat tarkibida 9 ta qo‘mita mavjud edi.

 

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing