Senat saylov kunini ko‘chirishga oid qonunni tasdiqladi
Jamiyat
−
05 fevral 2021
3011Bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Prezident va parlament saylovlari kunini dekabrdan oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasiga o‘tkazilmoqda.
Prezident ushbu qonunga imzo cheksa, unda 2021 yilga Prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Hujjat 29 yanvar kuni Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar tomonidan ma’qullangan edi.
LiveBarchasi