Senat mudofaa sohasiga oid muhim qonunni qabul qildi
Jamiyat
−
19 iyun 2020
5646Senatning beshinchi yalpi majlisida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29 aprel) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama qilindi.
Ushbu Qonunning qabul qilinishi SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini ta’minlash, o‘z Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Bayonnoma SHHT a’zosi bo‘lgan istalgan davlat unga qo‘shilishi uchun ochiqligi, qo‘shilgan davlat uchun ushbu Bitim depozitariy tomonidan qo‘shilish haqida hujjat olingan sanadan boshlab 30 kun ichida kuchga kirishi kabi yangi o‘zgartishlarni o‘z ichiga olgan.
Senat a’zolari ushbu Qonunni ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qildi.