Senat ham Surayyo Rahmonova nomzodini tasdiqladi

Jamiyat

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) lavozimiga Rahmonova Surayyo Mahmudovna nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Surayyo Rahmonova – 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlari doktori va professor. U shu vaqtga qadar yuridik oliy ta’lim tashkilotlarida, sud va prokuratura organlari tizimida faoliyat olib borgan.

Bunga qadar bola huquqlari bo‘yicha ombudsman lavozimini Aliya Yunusova Tuyg‘unovna egallab kelgan va o‘tgan oyda o‘z faoliyatini yakunlagandi.

Eslatib o‘tamiz,10 oktyabrda Rahmonova Surayyo Mahmudovna nomzodi Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing