Sel oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Olam

image

Turkiya Respublikasi poytaxti Anqara shahrida Toshkentdagidek kuchli sel kelishi kuzatildi. Yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqini kelib chiqdi, natijada uch kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Anqara hokimiyati rasmiylari ma’lum qilmoqda. 

Bayonotda aytilishicha, Chanqaya tumanida suvga g‘arq bo‘lgan Ayshe Arslan, Etimesgut tumanida ish joyiga to‘lgan suvni chiqarib tashlashga urinayotganda elektr toki urgan Metin Alshinik hamda kvartirasiga to‘lgan suv sabab qo‘rquv va hayajondan yurak xurujiga uchragan Metin O‘nder ismli fuqarolar hayotdan ko‘z yumishgan.

“Bundan tashqari, ba’zi tumanlarda ekin maydonlari ham suv ostida qolgan. Barcha mutasaddi tashkilotlar yog‘in boshlagan daqiqalardan boshlab o‘zlari mas’ul bo‘lgan yo‘nalishlarda kerakli tadbirlarni amalga oshirmoqdalar”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Sel Suv toshqini

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing