Sayyohlar uchun Osiyoning eng sokin hududlari e’lon qilindi (foto)

Bu qiziq

image

Osiyoning sayyohlik markazi bo‘lgan Tokio yoki Singapurdek shaharlari bugungi kunda baland imoratlarni ko‘paytirish orqali ko‘plab turistlarni jalb qilmoqda. Ammo barcha sayyohlar ham shovqinga to‘la shaharlarga borishni xohlayvermaydi. Osiyo mintaqasida shunday shaharlar borki, ular o‘zining sokin hayoti va tabiati bilan odamlarning e’tiboriga tushmoqda. CNN nashri xuddi shunday Osiyo shaharlaridan bir nechtasini e’lon qildi.

Tengchong, Xitoy
Xitoy hali ham xalqaro sayyohlar uchun yopiq bo‘lsada, Yunnan provinsiyasi 2022 yilning birinchi yarmida 350 millionga yaqin mahalliy sayyohlarni qabul qildi. Yunnan g‘arbida Myanma bilan chegaradosh Tengchong shaharchasi o‘tmishda tarixiy Ipak yo‘lining savdo nuqtasi bo‘lgan. Bugungi kunda ko‘plab mahalliy sayohatchilar birinchi navbatda tog‘ va ko‘l atrofida qurilgan eski shahar Xesunga boradi. Tengchongning shimoliy qismida joylashgan minglab daraxtlar kuz faslida o‘ziga xos manzaraga ega bo‘ladi.

Lan Xa Bey, Vetnam
YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Vetnam shimolidagi Lan Xa ko‘rfazi mahalliy sayohatchilar orasida mashhur bo‘lib kelgan. Ko‘rfazning o‘ziga xos tomoni oqshom payti suv ostidagi mayda toshlardan yorug‘lik ajralib chiqishidadir. Lan Xa ko‘rfazining g‘orlari va oq qumli plyajlari bugungi kunda nafaqat sayyohlar, balki arxeologlar uchun ham qiziqarli hududga aylangan.

Palau Ubin, Singapur
Singapurning baland binolarga to‘lgan markazidan chekkada joylashgan Palau Ubin oroli mahalliy sayohatchilar orasida mashhur joydir. Orolning diqqatga sazovor joylaridan biri Mangrov botqoqligidir. Bu hudud turistlarga sakkizoyoqlar, dengiz yulduzlari kabi jonivorlarni yaqin masofadan kuzatish imkonini beradi.

Nikko, Yaponiya
Nikko Tokiodan atigi 150 kilometr shimolda joylashga shaharchadir. Bu kichik shahar Yaponiya madaniyati uchun eng muhim joylardan biri bo‘lib, uning markazida YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ekti bo‘lgan Toshogu ibodatxonasi joylashgan. Shuningdek, Nikko o‘zining tabiiy buloqlari bilan mashhur hudud bo‘lib, sayyohlar uchun ham dam olish, ham ruhiy muolaja olish imkoniyatlarini yaratib beradi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing