Sayyohlar uchun eng qimmat va arzon shaharlar nomi e’lon qilindi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri chet elliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Mercer” xalqaro konsalting kompaniyasi xabar berdi.

“Mercer” 2021 yilda xorijliklar yashashi uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingini e’lon qildi. Reytingda Ashxobod bir pog‘ona ko‘tarilib, o‘tgan yilgi peshqadam Gonkong shahrini ortda qoldirib, yuqori pog‘onani egalladi. Livan poytaxti Bayrut uchinchi o‘rinni band qilgan. 

Ma’lumot uchun, Livan poytaxti so‘nggi bir necha yil ichidagi siyosiy tartibsizliklar natijasida birdaniga 42 ta pog‘onaga ko‘tarildi. COVID-19 pandemiyasi va Bayrut portidagi portlashlar iqtisodiy ta’sirni kuchaytirdi va inflyatsiyani rekord darajada oshirdi.

Undan keyingi o‘rinlarni Tokio va Syurix shaharlari egallagan. Qolgan o‘ntalikni Shanxay (6), Singapur (7), Jeneva (8), Pekin (9), Bern (Shvetsariya poytaxti) shaharlari zabt etgan. O‘z o‘rnida reytingda eng arzon shaharlar ro‘yxatidan Tibilisi (207), Lusaka (208. Zambiya poytaxti) va Bishkek joy olgan.

2019 yilda yana bir konsalting kompaniyasi “ECA International”Ashxobodni chet elliklar uchun eng qimmat shahar deb tan olgandi. Lekin, “Mercer” reytinggida Turkmaniston poytaxti 2019 yilda 7-o‘rinni, 2018 yilda esa 43-o‘rinni egallagan. 

Ashxobodda chet elliklar uchun yashash narxining bunday keskin oshishi “qora bozor”da dollar kursining ko‘tarilishi va shunga mos ravishda narxlarning manatda ko‘tarilishi bilan izohlanadi. Xorij fuqarolari dollarni faqatgina bankdan manatga almashtiradi. Bankda esa kurs “qora bozor”dan past.

Ma’lumot uchun, Ashxobod supermarketlarida bir kilogramm go‘sht o‘rtacha 80-90 manatdan (rasmiy kurs bo‘yicha 22,9-25,7 dollar yoki “qora bozor” kursi bo‘yicha 2,4-2,7 dollar) sotilmoqda.

 

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

shahar

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing