Saylovoldi tashviqotlariga start berildi
Jamiyat
−
18 noyabr 2019 5325 1 daqiqa
Joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatdagi 5 siyosiy partiya allaqachon o‘z nomzodlarini olg‘a surib bo‘ldi.
Bugun, 18 noyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha siyosiy partiyalarning va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, saylovga 33 kun qoldi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust