Saylovning 2-turi Erdo‘g‘an uchun oson kechadi 

Olam

image

Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchun prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi ancha oson kechadi va u 50 foizdan ortiq ovoz to‘playdi. Bu haqda Turkiya rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Kalin “AHABER” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Ikkinchi tur biz uchun ancha oson kechadi. Xorijda saylovda qatnashish 53 foiz darajasida edi. Endi ham shunday bo‘ladi, deb o‘ylayman. Barcha omillarni hisobga olsak, Prezidentimizni qo‘llab-quvvatlash 50 foizdan ham ko‘proq bo‘ladi. Birinchi tur ovozlaridagi farq juda aniq. Bu 5%, ya’ni 2,5 million ovoz demakdir. Ularning kamayishi dargumon”, deydi Kalin.

Uning aytishicha, hozirda nomzod Sinan O‘g‘an uchun berilgan 5,17% ovoz kimga o‘tishi haqida bahslar ketmoqda. 

"Munozaralar davom etmoqda, biz ularni kuzatib boryapmiz. Bu foizlarning barchasi nomzodlardan biriga tushadi, deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Hozircha O‘g‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazganimiz yo‘q. Uning pozitsiyalari ittifoqimizga yaqinroq ekanini bilamiz. Kelajakda O‘g‘an bilan uchrashuvlar bo‘lmaydi, deya olmayman”, deb ta’kidlagan Erdo‘g‘anning vakili.

Shuningdek, Kalin ba’zi G‘arb davlatlarining xorijiy matbuotini jurnalistika bilan shug‘ullanish o‘rniga, aniq bir tarafni tanlagani uchun tanqid qilgan. 

"Jurnalistlar saylov natijasiga ta’sir o‘tkazishga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu safar partiyalardan birini qo‘llab-quvvatlab, uni kuchaytirishga harakat qilishdi, ammo turk xalqi sarlavhalarga ergashmadi, xalq o‘z so‘zini aytdi", deydi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara G‘arb belgilagan doirani qabul qilmasligini va mamlakat manfaatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil harakat qilishini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining birinchi turida amaldagi Prezident 49,51 %, muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,88 % ovoz olgandi. “Ajdodlar” siyosiy bloki vakili Sinan O‘g‘an esa 5,17 foiz ovoz oldi. Hech bir nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz olmagani sabab, saylov ikkinchi turda davom etadigan bo‘ldi va u 28 may sanasiga belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya saylov Erdo'g'an Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing