Saylovlarni bahorga ko‘chirish taklifi va sohadagi kamchiliklar. So‘z Abdusalomovga
Jamiyat
−
23 dekabr 2019
5229Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov saylovni bahorga ko‘chirish taklifi berilganligini ma’lum qildi. U shuningdek saylovda kamchiliklar mavjudligi va qilinadigan ishlar borligini tan oldi.
“Ba’zi bir joylarda kamchiliklar bo‘ldi. Buni biz yaxshi bilamiz. Keyingi ishlarda tugatish choralarini ham ko‘ramiz. Kimdir o‘zini qilayotgan va qilingan ishlarga tanqidiy ruh bilan yondashmasa, kelajakda yaxshi ishlarni qila olmaslik mumkin. Kelajakda, albatta, qilingan ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqamiz.
Ba’zi bir takliflar xozirdanoq kelib tushmoqda. Misol uchun bitta taklifni aytmoqchiman. Balki sizlarga ham ma’qul kelar. Saylov o‘tkazish davrini boshqa vaqtga o‘tkazish masalasidir. Bahor oylarigami? Buni taklifi ham kelmoqda”, deya ma’lum qildi komissiya raisi.
Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov shuningdek sohadagi kamchiliklar haqida ham gapirdi.
“Mana kecha juda ko‘p qo‘ng‘iroqlarni oldik. Saylovda ovozlarni sanab chiqish jarayoni uzoq vaqtni talab qilyapti. O‘zi saylov 12 soat davom etyapti. Lekin undan keyin yana 2-3 soat saylov komissiyasi a’zolari protokollarni tuzishi muammosi bor. Protokollar tuzishda ba’zi bir qiyinchiliklar bor ekan. Biz oldingi protokollardan 2ta bandini chiqarib tashlagan edik. Oddiyroq bo‘lsin deb. Bu masalada yana ozgina ishlaydigan joylarimiz bor”, deydi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.
LiveBarchasi