Saylovlar tinch, lekin cheklangan siyosiy muhitda o‘tdi – AQSH O‘zbekistondagi saylov bo‘yicha bayonot berdi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2021
9273O‘zbekistonda Prezident saylovi siyosiy jihatdan cheklangan muhitda o‘tkazildi. Bu haqda AQSH Davlat deparatmentining O‘zbekistondagi saylovlar bo‘yicha xulosasida aytilgan.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston xalqining 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tagan prezidentlik saylovlarida o‘z ovoz berish huquqidan foydalanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz saylovlar tinch va saylovchilarning faol ishtiroki bilan xarakterlangani borasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHB DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi bilan hamfikrmiz. Ammo YeXHTning saylovlar haddan tashqari cheklangan siyosiy muhitda o‘tgani bo‘yicha tashvishiga sherikmiz. Shu bilan birga saylov o‘tkazishda muhim kafolatlarga e’tibor qaratilmagan”, deyiladi Davlat departamenti xulosasida.
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumati va YeXHT DIIHB kuzatuvchi missiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yaxshilanganini olqishlab, hukumatni saylovlar hamda fuqarolik va siyosiy huquqlarni ta’minlash bo‘yicha YeXHTning barcha tavsiyalarini bajarishga chaqirgan.
“Biz ushbu va ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz”, deyilgan AQSH xulosasida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezident saylovi o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, saylovlarda O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga davlat rahbari etib saylandi. Qolgan nomzodlar to‘plagan ovozlar:
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov – 3,4 foiz;
Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov – 4,1 foiz;
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan Alisher Qodirov – 5,5 foiz;
Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova – 6,6 foiz;
LiveBarchasi