Saylovchi deputatlarning kundalik ishini kuzatib borsin, menga shunisi ma’qul - Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tayotgan majlisda nutq so‘zladi. Unda deputatlar faoliyatiga munosabat bildirildi.  

“Deputatlar odamlarni tashvishga solayotgan ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida har oyning oxirgi haftasida o‘z saylov okrugida bo‘lishi kerak. Albatta, bu ishlar tizimli ravishda davom ettirilishi kerak. 

Deputat o‘z vakiliga murojaat qilish uchun uning okrugiga bevosita kelishini kutib o‘tirish shartmi? Shu sababli xalq bilan muloqat tizimini mutlaqo yangi tizimga olib chiqish zarur. Deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirishimiz lozim. 

Ana shu tizim orqali saylovchi deputatlarning kundalik ishini kuzatib borish, qonun loyihalarini muhokama qilish, ular bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lsin. Ya’ni, deputat faoliyatiga uning saylovchilari bevosita baho bersin”, deydi Prezident. 

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev deputat parlament

Baholaganlar

20

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing