Aholini qiynayotgan masalalar parlamentda ko‘rib chiqilishi lozim – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tayotgan majlisda nutq so‘zladi. Unda, jumladan, saylovchi va deputat munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish zarurligi haqida gapirildi.  

“Saylovchi va deputatning o‘zaro munosabatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etadigan vaqt keldi. O‘tgan chaqiriqda turli masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan. So‘rovlarda saylovchilar manfaati qanchalik o‘z aksini topdi, ularning nechtasi fuqarolar tashabbusi asosida shakllantirildi, degan savolga ijobiy javob yo‘q.

Shuning uchun jamoaviy murojaatlarni internet tarmog‘i vositasida parlament va deputat so‘rovini shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu orqali biz aholini qiynayotgan masalalarning parlamentda ko‘rib chiqilishiga erishamiz.

2019 yil deputatlar tomonidan 8000 mingdan ortiq xonadon, 3000 dan ziyod ijtimoiy soha va 2000 minga yaqin ishlab chiqish ob’ektiga borilib, qariyb 150 ming fuqaro bilan muloqot o‘tkazilgan”, deydi davlat rahbari.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev deputat parlament

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing