Saylov kuni koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘riladi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 24 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Ayni paytda ushbu muhim siyosiy jarayonga eng so‘nggi tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Ammo shu damda ko‘pchilikni bir savol o‘ylantirmoqda: xo‘sh, mamlakatda hukm surayotgan pandemiya sharoitida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari davomida koronavirus kasalligini tarqalib ketishiga, avj olishiga qarshi qanday chora-tadbirlar belgilangan?

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazida boshlangan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev shu haqda ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ni tarqalishi xavfini oldini olish to‘g‘risida” yo‘riqnoma ishlab chiqilgan va Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan.

Olti bob, 39 banddan iborat ushbu yo‘riqnomada saylovchilar tomonidan koronavirus infeksiyasi yuqishining oldini olishga qaratilgan va aholi turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan asosiy qoidalarga rioya etilishi belgilab qo‘yilgan.

Xususan, saylov uchun ajratilgan binoga tashrif buyurganlar va kuzatuvchilar, shuningdek barcha ishtirokchilar niqob taqish qoidasiga qat’iy amal qilishi uchun yetarli miqdorda tibbiy niqoblar zaxirasi yaratilgan.

Binolarning kirish qismida va ovoz berish xonasida ijtimoiy masofani saqlash uchun 1,5–2 metr oraliq masofa belgilandi hamda harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar chizilgan.

Himoya va profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda haroratni o‘lchash uchun termometr, pirometrlar, bir martalik tibbiy qo‘lqop, yuz niqoblari (saylov komissiyasi a’zolari uchun), antiseptik suyuqlik (sanitayzer) moslamalari saylov uchastkalariga yetkazib berilgan.

“Binobarin,  okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga kamida bir nafardan tibbiyot xodimi biriktirildi va ular tomonidan saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchash, antiseptik vosita bilan qo‘llarini dezinfeksiya qilish va zaruratga ko‘ra himoya niqobi berish ishlari tashkillashtirildi.

Shu bilan birga, saylov uchun ajratilgan binolarda shamollatish va saylov kunidan oldingi dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi”, deydi Yusupaliyev.


Maqola muallifi

Teglar

karantin saylov

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing