Saylov komissiyasi a’zolariga to‘liq ish haqi to‘lanadi – MSK raisi

Jamiyat

Bundan buyon saylovlarda komissiya a’zolariga kompensatsiya va to‘liq ish haqi to‘lab beriladi. Bu haqda bugun, 23 iyul kuni Toshkentdagi simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oldidan tashkil etilgan Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazining ochilish marosimida MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi.

“Saylov komissiyasi a’zolariga kompensatsiya va ish haqi to‘lash mehanizmi amalga oshiriladi. [Avvallari] saylov o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilinardi, komissiya a’zolari jalb qilinardi. Ochig‘ini aytgandi bu xuddi, majburiy mehnatdek bo‘lib qolgandi. Endi esa har bir saylov tashkilotchisining ishtiroki, amalga oshirayotgan ishlarining haqi to‘lab beriladi. Bu narsa qonunda asoslab berildi va ushbu jarayon bugun amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmoqda”, deydi Nizomxo‘jayev. 

Aytish joizki, O‘zbekiston Saylov kodeksining 8-moddasiga binoan saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishi to‘g‘risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to‘g‘risida xabardor etadi, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

374

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing