Savdosi tugamasdan mashinaga taqilgan qimmatbaho avtoraqam qariyb 600 mlnga sotildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ilk bor avtomobil raqami qariyb 600 million so‘mga sotildi. Avtoraqam onlayn auksioni ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Bugun, 4 yanvar kuni yakunlangan auksion savdosida 30 Z 777 ZZ raqami 596 525 000 so‘mga sotildi. Ammo g‘olib bunga qo‘shimcha ravishda 29 993 500 so‘m vositachilik yig‘imini ham to‘laydi.

Ushbu avtoraqam 2020 yil 14 dekabr kuni savdoga chiqarilgandi. Uning boshlang‘ich narxi 111 500 000 so‘mga teng bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda onlayn auksionda jami 262,6 milliard so‘mlik chiroyli avtoraqamlar sotilgan.

Avvalroq, 30 Z 777 ZZ raqami Samarqand ko‘chalarida harakatlanayotgan Malibu rusumli avtomobilga taqilgani aks etgan surat va videolar tarqaldi. YHXBB mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.


Maqola muallifi

Teglar

avtoraqam

Baholaganlar

1548

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing