Savdo qilish uchun joy talashgan ayol o‘zini yoqib yubordi (video)
3-sahifa
−
04 may 2023
15329Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol ustiga benzin sepib o‘zini yoqib yuborganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati bayonot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 2 may kuni taxminan soat 10:00 larda Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/4 dahasidagi savdo do‘konlaridan birining oldida, 1981 yilda tug‘ilgan D.Q. bir necha fuqaro bilan savdo qilish uchun joy talashgan. So‘ngra o‘zaro kelisha olmay janjallashib, o‘zini noodatiy tutgan holda norozichilik bildirib, yonida bo‘lgan yelim idishdagi benzinni ustiga quyib, o‘zini-o‘zi yoqib yuborgan. Oqibatda ayol yuzi, ikkala qo‘llari, tanasi oldi qismining 35 foizi termik kuyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, o‘tkazilgan birlamchi surishtiruv davomida D.Q. bundan oldin ham fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashib janjallashganligi hamda bir necha marotaba o‘zini yoqish holatlarini sodir etishga harakat qilganligi, biroq xodimlar tomonidan buning oldi olinganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi