“Sautgempton” bosh murabbiyi josuslikda ayblanib ishdan haydaldi

Sport

−

image

Angliya futbol assotsiatsiyasi “Sautgempton” bosh murabbiyi Tonda Ekertni raqib ustidan josuslik qilgani uchun olti haftaga shartli ravishda lavozimidan chetlatishga qaror qildi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassisga qo‘shimchasiga 28 ming funt sterling miqdorida jarima ham solingan. Joriy yilning may oyida “Sautgempton” Premer-liga pley-off finalidan chetlatilib, 2026-2027 yilgi mavsum uchun to‘rt ochkodan mahrum qilingan edi. Bunga yarim finalda “Midlsbro”ga qarshi bahsdan so‘ng (0:0, 1:2) raqib klubning shikoyati sabab bo‘lgan. “Midlsbro” “Sautgempton”ni josuslik qilish va mashg‘ulot jarayonlarini tasvirga olishda ayblagan.

Joriy yilning iyul oyida Ekertga 2025 yil dekabridan 2026 yil mayigacha raqiblar ustidan josuslik qilgani bo‘yicha uchta ayblov qo‘yilgan. Murabbiy ularning barchasida aybini tan oldi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda “Sautgempton” Angliya Chempionshipida sakkiz turdan so‘ng 10 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing