Saudiyaliklar “Barselona” a’zosi uchun 80 million yevro taklif qildi
Sport
−
16 mart 2024
2987“Barselona” a’zosi Rafinya Dias faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan haftada “Barselona” Saudiya klublarining biridan yangi taklif olgan. Mavsum hal qiluvchi pallaga kirayotgani sababli klub hali saud klubi taklifiga javob bermayapti. Saudiyaliklar braziliyalik futbolchi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor .
Qayd etilishicha, vingerga Saudiya Arabistonining to‘rtta klubi qiziqish bildirmoqda: “Al-Hilol”, “Al-Nasr”, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli”. Futbolchining o‘zi “Barselona”ni tark etishni istamayapti, ammo klub uni sotish bo‘yicha taklfilarni ko‘rib chiqmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” yozda Rafinyadan tashqari yana bir necha futbolchilarini sotmoqchi.
La Liganing joriy mavsumida Rafinya 20 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi