Saudiyalik biznesmen Messi va Ronalduni ko‘rish uchun 2,5 million yevro sarfladi

Sport

image

Biznesmen Mushraf al-G‘amdiy PSJ va “Al-Nasr” hamda “Al-Hilol” birlashgan jamoasi o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rish uchun 2,5 million yevroga chipta sotib oldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashkiliy ishlar bo‘yicha boshqarma raisi Turki Al-ash-Shayx ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu mablag‘ Saudiya Arabistoni davlati “Ehson” xayriya tashkilotiga yo‘naltiriladi. Xarid qilingan chipta nafaqat xayriya ishlariga hissa qo‘shadi, balki al-G‘amdiyga o‘yinni VIP sektordan tomosha qilish, o‘yindan keyin esa kiyinish xonasiga kirish, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan uchrashish imkonini beradi.

PSJ va Saudiya Arabistonining ikki eng yaxshi jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 19 yanvar kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made