Saudiyadagi otishma. AQSH konsulligi xodimi halok bo‘ldi
Olam
−
29 iyun 2023
11808Kecha, 28 iyun kuni Saudiya Arabistonidagi AQSH konsulligi binosi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda diplomatik vakolatxona qo‘riqchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Saudi Press” agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxs poytaxt Jiddadagi Amerika konsulligiga mashinada borib, o‘qotar qurol bilan bino hududiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Shu tariqa u va xavfsizlik xodimlari o‘rtasida otishma boshlanib ketgan. Xavfsizlik kuchlari vaziyatga qarab harakat qilib, uni yo‘q qilishga qaror qilgan va noma’lum shaxs o‘ldirilgan.
Bundan tashqari, otishmada Nepaldan kelgan konsullik qo‘riqchisi yaralangan va voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda qirollikning huquq-tartibot idoralari hodisa sabablarini o‘rganayotganini aytmoqda.
Shuningdek, AQSH davlat departamenti konsullikning amerikalik xodimlaridan hech biri jarohat olmaganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi