Saudiyadagi muzokaralarning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi
Olam
−
11 mart
6474Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarning birinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, birinchi raundning o‘zi uch soatdan ko‘proq davom etgan, so‘ngra qisqa tanaffus e’lon qilingan. Bir necha daqiqadan so‘ng muzokaralar yana davom ettirilgan.
AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts Saudiya Arabistonida Ukrainaning delegatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar “oldinga siljimoqda” deb aytgan.
Ukraina delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Prezident ofisi rahbari Andrey Yermak Telegram-kanalida muzokaralar “judayam konstruktiv boshlandi” va tomonlar “adolatli va barqaror tinchlikni ta’minlash yo‘lida ishlamoqda” deb yozgan.
Qolaversa, AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchisi Stiv Uitkoff muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va razvedka axborotini almashish masalalari muhokama qilinishini aytgan. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Kiyevning Moskva bilan mojaro yechimi uchun qanday murosalarga borishga tayyorligini tushunish zarurligini ta’kidlagan.
Ba’zi bir OAVlarga ko‘ra, Ukraina uchrashuv davomida qisqa muddatli tinchlik shartlarini muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Saudiya Arabistoniga yetib borgani haqida xabar berilgandi. Ammo oldinroq Zelenskiy AQSH va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etmasligini bildirgandi.
LiveBarchasi