Saudiyada Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi (video)

Olam

image

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralarda Ukraina tomondan Prezident ofisi rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Mudofaa vaziri Rustam Umarov va Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Pavel Palisa ishtirok etmoqda.

Amerika delegatsiyasiga esa Davlat kotibi Marko Rubio va Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uolts kirgan.

Jidda uchrashuvidan oldin AQSH Davlat kotibi bu muzokaralar AQSHning Kiyevga harbiy yordamni qayta tiklash uchun “kalit” ekanini aytgan. U, shuningdek, AQSH hozirgacha tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzolanishini kutayotgani, ammo bu kelishuv Saudiya Arabistondagi uchrashuvda tasdiqlanishi kafolatlanmaganini ham qo‘shimcha qilgan.

Uchrashuvning boshqa bayonotlari taqdim etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Saudiya Arabistoniga yetib borgani haqida xabar berilgandi. Ammo oldinroq Zelenskiy AQSH va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etmasligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni Ukraina Jidda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing